O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha E'LON
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga hujjat topshirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2025-yilning 20-mart kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markaziga (shaxsiy hujjatlari asli bilan) murojaat etishlari mumkin.
Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; - yoshi o‘n yettidan kichik va yigirma beshdan katta bo‘lmasligi; - o‘rta (11-sinf), o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi; - Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda bo‘lishi; -«Yo‘l-patrul xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati” yo‘nalishiga erkak nomzodning bo‘yi 175 santimetrdan, ayol nomzodning bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmasligi, -«Patrul-post xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati” yo‘nalishiga erkak nomzodning bo‘yi 170 santimetrdan, ayol nomzodning bo‘yi 165 santimetrdan past bo‘lmasligi -«Pasport tizimini huquqiy ta’minlash” yo‘nalishiga erkak nomzodning bo‘yi 165 santimetrdan, ayol nomzodning bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmasligi talab etiladi.
Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi. (Toshkent shahar IIBB MMIVAKBTX Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markazi)