24 Oktyabr 2025 Yil 364

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik samarali xizmati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, profilaktika ishlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, o‘z burchini sharaf va mas’uliyat bilan ado etib, mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Do‘stlik» ordeni bilan

Maxmudova Mariya Stepanovna - Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ekspert-kriminalistika bo‘limi katta eksperti

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Mirzajanov Muhammadjon Komiljanovich - Toshkent shahar Chilonzor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori

Barcha yangiliklar

Text to speech