4 Fevral 2025 Yil 422

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-son Toshkent akademik litseyiga o‘qishga qabul qilish uchun E'LON

Nomzodlar 1-son Toshkent akademik litseyiga o‘qishga qabul qilish uchun joriy yilning 1-fevral kunidan 15-aprel kuniga qadar
(ish kunlari soat 09:00dan 17:00gacha) murojaat etishlari mumkin.

Nomzodlar Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markaziga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi, doimiy ro‘yxatda turish manzili ko‘rsatilgan hujjati hamda o‘qish joyidan ma’lumotnoma bilan ota yoki onalari ishtirokida murojaat etishlari talab etiladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

-umumta’lim muassasasining 9-sinfini tamomlayotgan bo‘lishi.
-Toshkent shahrida doimiy yashash joyiga ega bo‘lishi;

Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi. (Toshkent shahar IIBB MMIVAKBTX Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markazi)

Barcha yangiliklar

Text to speech