18 Noyabr 2023 Yil 1346

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi surishtiruvchilariga o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar Ekspert-kriminalistika markazi ekspertlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi surishtiruvchilari uchun “Tezkor-qidiruv faoliyatiga doir maxsus vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish, Raqamli kriminalistika” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Ushbu o‘quv mashg‘uloti davomida bugungi kunda Toshkent shahar IIBBda tashkil etilgan Raqamli kriminalistika guruhi va ular tomonidan o‘tkaziladigan sudga oid kompyuter texnikaviy ekspertizasi haqida tushunchalar berildi. Shuningdek Toshkent shahar IIBB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan ekspertiza turlari, ularni o‘tkazish tartibi haqida maʼlumotlar berildi. O‘quv-seminar yakunida xodimlar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan savollarga javob olishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech