O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish Akademiyasi bakalavriyatining harbiylashtirilgan tuzilmalari bo‘yicha “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish uchun E'LON
O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish Akademiyasi bakalavriyatining harbiylashtirilgan tuzilmalari bo‘yicha “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga 2025/2026-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirish istagida bo‘lgan nomzodlar 2025-yilning 1 mart kuniga qadar (soat 09.00dan 17.00gacha) Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga (shaxsiy hujjatlari asli bilan) murojaat qilishlari mumkin.
Shuningdek, nomzod joriy yilning 1 martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasida (https://my.uzbmb.uz/) ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar: — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; — Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda bo‘lishi; — yoshi o‘n yettidan kichik va yigirma beshdan (muddatli harbiy xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan yoshi yigirma oltidan) katta bo‘lmasligi; — o‘rta (11-sinf), o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi; — erkak nomzodlarning bo‘yi 165 santimetrdan, ayol nomzodlarning bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmasligi talab etiladi.
Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi. (Toshkent shahar IIBB MMIVAKBTX Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markazi).