12 Sentyabr 2025 Yil 401

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida "Rahbar va yoshlar" uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Universitet talabalari uchun tashkil etilgan tadbirni universitet rektori ochib berib, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish va qonuniylikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlarning ahamiyatini ta’kidladi.

Uchrashuvda Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik Dilmurod Mirsodiqov hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

Mavzu yuzasidan talabalarga batafsil tushunchalar berib, huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining tarqalishini oldini olish, ularning og‘ir oqibatlarga olib kelishi, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, hozirgi kunda internet ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqalgan kiberjinoyat turlari, firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik borasida ma’ruzalar qildilar. Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutasaddilardan javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir davomida mavzuga oid videorolik ham namoyish etildi.

Mazkur uchrashuv talabalar uchun nafaqat huquqiy bilim manbai, balki ularni jamiyatda faol, mas’uliyatli va qonunlarga hurmat ruhida yashashga undovchi muhim dars bo‘ldi.

Barcha yangiliklar

Text to speech