O‘zaro janjallashgan shaxslar javobgarlikka tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta ayollar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 16 iyun kuni Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida 1990 yilda tug‘ilgan N.E tanishlari 1994 yilda tug‘ilgan X.O, 1988 yilda tug‘ilgan M.X va 1991 yilda tug‘ilgan M.M lar bilan o‘zaro gap talashib qolishgan. So‘ng ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat joyida bo‘la turib, urushib ketishgan.
Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, ayollar tibbiyot muassasasiga tan jarohatlari bilan murojaat qilmagan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tumani sudiga yuborilgan.