12 Mart 2026 Yil 276

Yurt obodligi yo‘lida

Prezidentimiz tomonidan joriy yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”deb eʼlon qilingani, shuningdek “O‘zbekiston-2030” davlat strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini tizimli ravishda amalga oshirib kelinishi yurtimizni yana-da obod va ko‘rkam bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Mazkur tadbirlarning uzviy davomi sifatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yurt obodligi, avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida mahallalar, xiyobon, aholi turar joylari, ko‘chalar, korxona va tashkilotlarda hududlarni obodonlashtirish tadbirlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Xususan, ozodalik, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shahrimiz qiyofasiga sayqal berish, ko‘kalamzorlashtirish, xalqimiz uchun ezgulik, birdamlik, olijanoblik va shukronalik ramzi bo‘lgan qutlug‘ Ramazon oyini nishonlash hamda Navro‘z bayramini munosib kutib olish maqsadida, hukumatimiz tomonidan joriy yilning 13-14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur tadbirda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi apparati, hududiy tuzilmalarida keng hajmli obodonlashtirish, tozalash, ko‘chat ekish, daraxtlarga ishlov berish, ko‘chalarni chiqindilardan tozalash kabi xayrli ishlar amalga oshiriladi.

Bu tadbirda barcha faol ishtirok etib, poytaxtimizning yana-da go‘zal va ozoda bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shishi, shubhasiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech