28 Avgust 2023 Yil 1111

Yunusobod tumanida xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda

Yunusobod tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tuman hokimligi, prokuraturasi hamda bandlik bo‘limi bilan hamkorlikda “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan tuman ayollari va yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganishmoqda.  

Kuni kecha Yunusobod tumani mas'ul xodimlari manfaatdor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda “Barkamol avlod” markazida tuman mahallalarida yashovchi “ayollar” va “yoshlar” daftariga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlar bilan uchrashdi. Yig‘ilishda aholi bandligini ta'minlash, imtiyozli kredit va subsidiyalar olish, kasbga tayyorgarlik kurslarida o‘qishga yo‘llanmalar berish masalalari ko‘tarildi.

Shu bilan birga “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Korxonalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni tumandagi o‘quv markazlarida o‘qitish imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli bank kreditlari olish tartibi tushuntirildi. 5 nafar ayollarga  sertifikatlar berildi, bir nechta ayollar ish bilan ta'minlandi, 4 nafariga o‘qishga yo‘llanmalar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech