21 Fevral 2025 Yil 2301

Yunusobod tumanida samokat va skuterlar o‘g‘riligi “issiq izi”dan fosh etildi

Yunusobod tumanidagi ko‘chalarning birida nomaʼlum shaxslar, 2002 yilda tug‘ilgan X.N.ga tegishli 3 dona narxi 1200 AQSH dollari bo‘lgan skuter va 2 dona 550 dollarlik elektrosamokatlarni o‘g‘irlab ketishgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 2004 yilda tug‘ilgan T.A. hamda 2004 yilda tug‘ilgan A.U. aniqlanib, qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli yoshlar! Pul topishning qonuniy yo‘llaridan foydalaning. Jinoyat sodir etib umringizni xazon qilmang!

Barcha yangiliklar

Text to speech