Yunusobod tumanida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida tadbirlar o‘tkazildi
Toshkent shahar Yunusobod tumanida huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar muntazam ravishda olib boriladi. Jumladan, Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida tuman IIO FMB HPB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar tomonidan umumtaʼlim muassasalarida o‘quvchilarning davomati o‘rganildi. Shuningdek, “Tig‘” profilaktik tadbiri doirasida hayot va sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi qurollar olib yurish bilan bog‘liq qonunbuzarliklarni aniqlash choralari ko‘rildi.
Yunusobod tumani IIO FMB inspektor-psixologlari va xotin kizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan "Giyohvandlik hayot kushandasi" mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi, hayotiy misollar orqali o‘quvchi yoshlarga tushunchalar berib, ogohlantirildi.
Bundan tashqari, uyma-uy yurilib, ijtimoiy muammolar o‘rganildi va tegishli idoralarga taqdimnomalar kiritildi. Qolaversa, o‘g‘rilik, firibgarlik, kiberjinoyatlarni oldini olish yuzasidan fuqarolar ogohlantirildi.