21 Fevral 2024 Yil 1585

Yunusobod tumani yoshlari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida

Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i 3-sektor rahbarining tashabbusi bilan mahallalardagi uyushmagan yoshlari poytaxtimizda joylashgan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat qilishdi.

Sayohat davomida muzey mutaxassislari XX asr boshlarida yashab o‘tgan, “xalq dushmani” sifatida qatag‘on qilingan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi jadidlarning yurt ozodligi yo‘lida amalga oshirgan ishlari, yozgan asarlari haqida qimmatli ma'lumotlarni aytib o‘tishdi. Mahalla yoshlari muzeyga o‘sha davrga mansub “qora 110” deb yuritilgan mashina eksponatini tomosha qilib, u bilan bog‘liq mudhish voqealardan boxabar bo‘lishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech