8 Fevral 2024 Yil 1204

Yunusobod tumani uchinchi sektor faoliyati haqida

Yunusobod tumanidagi uchinchi sektorda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, fuqarolar farovonligini yuksaltirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yil boshidan buyon bu yerda hamyurtlar farovonligini oshirish, aholini qiynayotgan muammolarni hal etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, yil boshida sektor ishchi guruhi tomonidan “Adolat” mahallasida istiqomat qilayotgan 400 dan ortiq oilaning turmush sharoiti o‘rganildi. O‘rganishlar davomida fuqarolarni o‘ylantirayotgan qator muammolar aniqlandi.

Mazkur mahallada o‘tkazilgan o‘rganishlardan so‘ng 3-sektor rahbari polkovnik Abdumajid Shermuxamedov tashabbusi bilan masʼul idora va tashkilotlar bilan birgalikda sayyor qabul tashkil etildi. 40 tadan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati kommunal, uy-joy va yer bilan taʼminlash, bandlik masalasiga oid. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, kredit olish, moddiy yordam ajratish, davlat xizmati faoliyati, pensiya va nafaqa, aliment undirish va boshqa masalalar yuzasidan ham murojaat qilindi. Ayrim ariza va murojaatlar ijobiy yechimini topdi, qolganlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar mahallalar faollari bilan birgalikda uyma-uy yurib, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan oilalardan xabar olishdi.

Jumladan, yaqinda xodimlar Buyuk Turon mahallasida yolg‘iz yashovchi keksa 86 yoshli Janna Trinkinani holidan xabar oldilar. Suhbat davomida onaxon malakali tibbiy yordamga muhtojligi aniqlandi. Xodimlarning ko‘magi bilan tuman poliklinikasi hamda 4-sektor masʼullari bilan ayolga tibbiy muassasaga davolanish uchun yo‘llanma va jarrohlik muolajasi uchun moddiy yordam ajratishga kelishib olindi. Shuningdek, shu mahallada yashovchi Tamara Adriyanovaning holidan xabar olinib, uning turmush sharoiti, muammolari bilan qiziqishdi. Keksa ayol bir o‘zi yashashini va undan tez-tez xabar olib turishlarini so‘rab qoldi. tumanda xonadonma-xonadon yurib, muammolarni o‘rganish jarayonlari davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech