29 Noyabr 2024 Yil 421

Yunusobod tumani 3-sektor: Ijtimoiy himoya, bandlikni taʼminlash va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida

Sektorlarning asosiy vazifalaridan biri – ijtimoiy himoyaning manzilli taʼminlanishini amalga oshirish, kam taʼminlangan oilalarga amaliy yordam yordam ko‘rsatish, yangi ish o‘rinlarini yaratish kabi maqsadli tadbirlarni o‘tkazishdan iborat.


Toshkent shahar Yunusobod tumani uchinchi sektor hududda 16 ta mahalla mavjud bo‘lib, unda 784 mingdan ortiq kishi yashaydi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida sektor hududidagi og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar mahalla yettiligi bilan hamkorlikda “mahallabay” va “xonadonbay” tamoyili asosida o‘rganib chiqildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf qilish, aholining farovonligini taʼminlash va fuqarolar duch kelayotgan qiyinchiliklarni hal etishga qaratilgan samarali ishlar amalga oshirildi.


Jumladan, yoshlar bilan yil boshidan buyon, 40 marotaba "Sektor rahbari va yoshlar" uchrashuvlari o‘tkazilib, o‘tkazilgan uchrashuvlarda jami 129 nafar yoshlarning muammoli masalalari hamda takliflari o‘rganildi.


Joriy yil davomida “Yoshlar daftari”dagi 190 nafar yoshdan 121 nafarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal etildi. 9 nafar yosh, jumladan, 1 nafarining o‘z arizasiga ko‘ra va 7 nafarining noqonuniy kiritilganligi sababli jami 130 nafar yosh daftardan chiqarildi.


Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan jami 121 nafar yoshga mablag‘ ajratildi: 96 nafariga taʼlim olishlari uchun to‘lov kontraktlari qoplab berildi, 8 nafari “Kelajak kasblari” o‘quv kurslarida taʼlim olishlari uchun o‘qish xarajatlari qoplab berildi, 2 nafariga o‘zini-o‘zi band qilib, bandligini taʼminlash maqsadida subsidiya asosida kompyuter jamlanmasi olib berildi.


1 463 ta ehtiyojmand oilalar, ularning 4 966 nafar aʼzolari hamda 1 497 nafar mehnatga layoqatli ishsizlar ro‘yxati shakllantirilib, maʼlumotlar bazasiga kiritildi. Hozirda “Temir daftarga” kiritilgan 1 497 nafar mehnatga layoqatli ishsizlardan 1 474 nafari (98,5 foizi) bandligi taʼminlandi. 1 250 ta oilalarning barchasiga moddiy va ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, 246 nafariga oziq-ovqat mahsuloti yetkazib berildi, 685 nafariga naqd pul ko‘rinishida, 2 nafariga kommunal qarzi to‘lab berildi, 15 nafariga dori-darmon yetkazib berildi.


Sektor hududidagi mahallalarda yashovchi ishsiz fuqarolar tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limiga 932 nafar fuqarolar murojaati qabul qilingan bo‘lib, shundan 440 nafari ayollar, 344 nafari yoshlar va 14 nafari nogironligi bor shaxslarni tashkil etadi. Yil boshidan shu kunga qadar jami 394 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, 131 nafar ishsiz fuqarolar kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi, 57 nafar fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.


Sektor rahbari tomonidan bevosita o‘ziga biriktirilgan sektor hududida fuqarolarning muammo va kamchiliklarini eshitib, zaruriy choralar ko‘rib borilishini taʼminlash maqsadida, har haftada kamida bir marotaba tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarda fuqarolar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib borilmoqda. Sayyor qabullar joriy yil boshidan 48 marotaba o‘tkazilgan bo‘lib, uchrashuvda jami 184 nafar fuqarolar tomonidan 196 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlardan 134 tasi (68,4 foiz) ijobiy hal etilgan, 44 tasiga (22,5 foiz) tushuntirish berilgan, 18 tasi (9,1 foiz) ko‘rib chiqilayotgan masalalardir.


Mahalla yettiligi bilan birgalikda doimiy daromadga ega bo‘lmagan, ishsiz aholi ro‘yxati qayta o‘rganib chiqildi. Dastlabki o‘rganish natijasida sektordagi 16 ta mahallada jami 542 nafar ishsiz fuqarolar aniqlanib, shundan 322 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Sektordagi 23 nafar aholiga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish maqsadida kredit ajratildi.


Tumanning 3-sektorida ijtimoiy himoya, bandlikni taʼminlash va iqtisodiy barqarorlikni oshirish yo‘nalishida qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa aholi farovonligini yaxshilashga, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga hamda ishsizlarni band qilishga xizmat qilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech