22 Sentyabr 2024 Yil 1161

Yunusobod tumani 3-sektorining yoshlar bilan olib borgan ishlari haqida

Yunusobod tumani 3-sektor hududida yoshlar muammolarini hal etish yuzasidan maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. “Yoshlar balansi” platformasiga kiritilgan 11 ming 736 nafar yoshlarning moddiy ahvoli to‘liq o‘rganildi. Muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Yaqinda uchinchi sektorga biriktirilgan “Xusniobod” mahalla binosida navbatdagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbatda sektor rahbari polkovnik Abdumajid Shermuxamedov yoshlarning murojaat va iltimoslarini eshitdi. Uchrashuvda jami 14 nafar yoshlar ishtirok etib, o‘zlarining turli muammolari bilan murojaat qilishdi. Jumladan, 11 ta murojaatdan 3 tasi joyida ijobiy hal etilib, 4 tasini hal qilishlik uchun masʼullarga topshiriq berildi, 4 tasiga sektor rahbari tomonidan asosli huquqiy tushuntirish berildi.

Bundan tashqari 3-sektor hududida joylashgan «Turkqo‘rg‘on» mahallasida ham shu kabi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlar vakillari Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘iga oliy o‘quv yurtidagi tahsil uchun kontraktini to‘lash, ishga joylashish, tuman o‘quv markazida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha tahsil olishda yordam berish, moddiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar bilan murojaat qilishdi.

Suhbat chog‘ida «Turkqo‘rg‘on» mahallasida yashovchi 24 yoshli Nilufar institutda o‘qishini, lekin kontraktni to‘lashga imkoni yo‘qligini maʼlum qildi, mazkur murojaat ijobiy hal etildi va Nilufarning 50 foiz kontrakti to‘lab berildi. Shu mahallada yashovchi 17 yoshli Baxrom o‘z murojaatida, oilasi ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligi, ingliz tili kurslarida o‘qish niyati borligi, shu sababli o‘qish xarajatlarini qoplashda amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qilgan. Bu masala ham ijobiy hal etildi va hozirda Baxrom o‘quv markazida ingliz tili kursida bepul o‘qish uchun joylashtirildi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech