27 Avgust 2024 Yil 2886

Yunusobod tumanida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Sektor rahbarlari yoshlarni o‘ylantirayotgan masala va muammolarga jiddiy e'tibor qaratmoqda. Jumladan, Yunusobod tumani 3-sektor hududidagi 16 ta mahallalarda 11 mingdan ziyod yoshlar yashaydi va 3-sektor rahbari polkovnik A. Shermuhamedov muntazam ravishda ular bilan uchrashuvlar o‘tkazib turadi.

Xususan, yaqinda «Yangiariq» mahallasida navbatdagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbat chog‘ida sektor rahbari yosh avlod vakillarining muammo va murojaatlarini tingladi. 15 nafar o‘g‘il-qizlarning murojaatlari ko‘rib chiqilib, 4 tasi ijobiy hal etildi, yana 3 tasi nazoratga olindi. Uch nafar murojaatchi ham zarur yuridik maslahat oldi.

Bu kabi yoshlar bilan uchrashuvlar poytaxtning qolgan tumanlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.


Barcha yangiliklar

Text to speech