11 Noyabr 2025 Yil 212

Yoshlarimizni turli illatlardan asrash – burchimiz. “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasidagi targ‘ibotlar davom etmoqda

Yoshlar nihol. Qayga bursang shu tomonga egiladi. Lekin, yoshlarning jilovlanmagan kuch-g‘ayrati, shijoatidan o‘z g‘araz maqsadlari yo‘lida foydalanishni ko‘zlovchi nopok kimsalar afsuski, har yerda, har zamonda topiladi. Tan olish kerak, axborot texnologiyalarining rivoji bu jarayonni yana-da tezlashtirib, har bir mamlakat, har bir oila, har bir kimsaning hayotiga to‘siqsiz kirib bormoqda. Qachonki, yoshlarimizning tarbiyasiga eʼtiborni susaytirsak, ularga oq-qorani tanitmasak, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatmasak ular bu tuzoqlarning qurboniga aylanib qolishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda taqiqlangan diniy mavzular, zo‘ravonlik, shafqatsizlik, diniy ekstremizm, terrrorizm, giyohvandlik va psixotrop moddalar, kuchli taʼsir qiluvchi vositalarning savdosi, kiberjinoyatlar, kiberfiribgarlik kabilarning tarqalishi fuqarolarimiz, ayniqsa yoshlarimizni nishonga olgani sir emas. Yoshlarimizni bu illatlardan asrash, himoya immunitetini kuchaytirish, ularning mudhish oqibatlari haqida ogohlantirish dolzarb masalalardan biridir. Shu maqsadlarda yurtimiz bo‘ylab “Kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi doirasida profilaktik-targ‘ibot ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bu kabi tadbirlardan navbatdagisi poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan O‘zbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quv dargohining maʼmuriyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Yig‘ilganlar oldida tuman IIO FMB rahbariyati va soha masʼullar yuqoridagi mavzular bo‘yicha keng ko‘lamli maʼruza qildilar. Bunday illatlarga qarshi kurashning samarali tizimlari, qonuniy choralari, huquqiy asoslariga urg‘u berilib, ulardan himoyalanish usullari qayd etilib, ogohlikka chaqirildi. Jonli misollar, hayotiy dalillarga asoslangan maʼruzalar yig‘ilganlarning eʼtibori va diqqatini tortdi. Tadbir so‘nggida maʼruzachilar yig‘ilish ishtirokchilarining ko‘plab savollariga javoblar berishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech