24 Fevral 2024 Yil 1577

Bir qator taʼlim muassasalari o‘quvchilari va mahalla yoshlari uchun Toshkent shahar IIBB “Shon-sharaf” muzeyiga ekskursiya tashkil etildi

“Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash” yili doirasida poytaxt 3-sektorlari rahbarlarinining mahallalardagi uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni “Vatanparvarlik” ruhida tarbiyalash maqsadida muzeylarga ekskursiyalar, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, kitobxon tanlovlari va shu kabi qator tadbirlar o‘tkazib kelinadi.

Jumladan, yaqinda Sergeli tumani IIO FMB yoshlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tashabbusi bilan tumandagi 50 nafardan ortiq yoshlar hamda 278-o‘rta maktabning o‘quvchilari Toshkent shahar IIBB “Shon-sharaf” muzeyida bo‘lishdi. Yoshlarga poytaxt ichki ishlar organlarining tarixi va buguni faoliyati haqida hikoya qiluvchi boy ko‘rgazma tanishtirilib, muzeyda saqlanayotgan noyob eksponatlar haqida so‘zlab berildi. Shundan so‘ng yoshlar xizmat chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning rasmi tushirilgan yodgorlikni ziyorat qilishdi.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va “Renessans” taʼlim universiteti talabalari hamda Toshkent Stomatologiya instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari uchun ham muzeyga ekskursiya tashkil etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech