23 Mart 2024 Yil 1060

Yoshlar muammolariga alohida yondashuv

Imkoniyati cheklangan shaxslarga g‘amxo‘rlik qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash jamiyatning muhim va masʼuliyatli vazifasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifalarga ko‘ra, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar turli vazirlik va idoralar rahbarlariga biriktirilgan. Yoshlarni qiynayotgan masalalarga eʼtibor qaratish, ularni bartaraf etishga ko‘maklashish ichki ishlar organlari xodimlarining asosiy vazifalaridan biriga aylangan.

Ushbu bayram kunlari Toshkent shahar IIBB JTSB rahbariyati va xodimlari tomonidan poytaxtimizning Uchtepa tumani, “Yangiyo‘l” mahallasida imkoniyati cheklangan fuqarolarning muammolarini o‘rganish, hal etish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida ularning uylariga tashrif buyurdilar.

Jumladan, nogironligi bo‘lgan 3 nafar voyaga yetmagan fuqarolarning uylariga borilib, ularning oila aʼzolari bilan suhbatda mavjud muammolarga oydinlik kiritilib, amaliy yordam ko‘rsatildi hamda bayram tuhfalari taqdim etildi.

Fuqarolarning muammolarini o‘rganib, ularni hal qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. 

Barcha yangiliklar

Text to speech