1 Mart 2025 Yil 429

"Yoshlar milliylik targ‘ibotchilari" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Yangihayot tumanidagi 331-sonli umumtaʼlim maktabida tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i 3-sektor rahbari podpolkovnik Sarvar Jo‘rayev tashabbusi bilan o‘tkazilgan "Yoshlar milliylik targ‘ibotchilari" ko‘rik-tanlovining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i Umida Aripova, yoshlar ishlari agentligi rahbari Sohib Baxromovich, 3-son IIB boshlig‘i, Marhamat mahallasi raisi Baxtiyor Mirzaqulovlar tashrif buyurishdi.

Ko‘rik-tanlov 11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilib, o‘quvchilar hafta davomida mashg‘ulotlarda milliyligimizni aks ettiruvchi liboslarda ishtirok etishlari, davomat va odob-axloq qoidalari hamda videorolik shartlari bo‘yicha baholandilar. Yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan sinflar 3-sektor rahbari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib rag‘batlantirildi. Bu kabi tadbirlar yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur, vatanga sadoqat va xalqqa muhabbat kabi tuyg‘ularni keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: