7 May 2024 Yil 2269

Yoshlar istiqbolini ko'zlab

“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan davlatimiz rahbarining topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Yunusobod tumani 3-sektor hududidagi 16 ta mahallada yashovchi, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 11 736 nafar yoshlar  to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, “Yoshlar balansi” platformasiga kiritildi. Ular poytaxt IIBB, tuman IIO FMB rahbarlariga biriktirildi va toifalarga ajratildi.

Tumanning 3-sektor rahbariga biriktirilgan Adolat mahallasida yashovchi 284 nafar yoshlarning muammolari o‘rganib chiqilib, amaliy yordam ko‘rsatish istiqbollari rejalashtirildi.

Taʼkidlash lozimki,  shu kunga qadar 3-sektor rahbari raisligida hududda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan  15 marta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jami kelib tushgan 52 ta murojaat o‘rganilib, ularning 38 tasi ijobiy hal etildi, 14 tasi bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, kuni kecha sektor shtabida uyushtirilgan yoshlar bilan uchrashuvda 120 dan ortiq yoshlar ishtirok etib, o‘zlarining turli muammolari, masalalari yechimi borasida savollar bilan murojaat etishdi. Ulardan 50 nafarining muammolari tinglanib, aksariyati ijobiy hal etildi.

Bundan tashqari, 4 nafar yoshlarning kontrakt to‘lovlarini to‘lab berish bo‘yicha sertifikatlar taqdim etildi hamda yoshlar bilan ishlashda faollik ko‘rsatib kelayotgan 3 nafar yoshlar yetakchilariga sektor rahbarining minnatdorchilik faxriy yorliqlari topshirildi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech