18 Oktyabr 2023 Yil 1161

Yoshlar bilan uchrashuv

Kuni kecha Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa saʼnati  institutida Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshlig‘i Farrux Xaydarov va boshqa mutasaddilar ishtirokida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi. "Yoshlar orasida terrorizm, jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshi kurashish" mavzusida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda yoshlar tuman IIO FMB boshlig‘i hozirgi kunda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga alohida eʼtibor qaratilayotganligini, ularni barkamol shaxs sifatida yetishib chiqishi uchun barcha sharoitlar yaratilayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Lekin shunga qaramasdan, ayrim yoshlar giyohvand yoki psixotrop moddalarga ruju qo‘yishi, yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolishi, jinoyatga qo‘l urishi kabi holatlar kuzatilayotganligi achinarli ekanligi aytib o‘tildi.  Yoshlarga bu illatlarning salbiy oqibatlari tushuntirildi.

O‘zaro savol-javob ruhida o‘tgan mazkur uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga mutasaddilardan atroflicha javob olishdi.  

Barcha yangiliklar

Text to speech