25 Yanvar 2024 Yil 4302

Yoshlar bilan uchrashuv

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimiga doimiy ravishda eʼtibor qaratib kelinmoqda, zero yoshlar davlat kelajagidir.

Vazirlar Mahkamasining “Uyushmagan yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarini yagona yondashuv asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 13 sentyabr kunidagi 468-sonli Qarori asosida yoshlarning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish masalalari asosiy vazifa qilib belgilangan.

Ushbu vazifalarni sifatli amalga oshirish maqsadida har bir sektor rahbarlariga tumanda yashayotgan uyushmagan yoshlar biriktirilgan.

Xususan, Yakkasaroy tumani 3-sektor rahbariga tumanda istiqomat qiluvchi 29 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, ular bilan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha Yakkasaroy tumani IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Alisher Murodov, tuman prokurori Bekzod Shamsiyev va boshqa mutasaddilar tumandagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Murojaat qilgan yoshlarning muammosi ijobiy hal etildi.

Misol uchun, 1996 yilda tug‘ilgan nogironligi bo‘lgan A.Tatyana, shuningdek 2006 yilda tug‘ilgan A.Abdug‘anining onalari sektor rahbariga murojaat qilib, farzandlari davolanishi uchun dori-darmonga muhtojligini maʼlum qilishdi, ularning murojaati shu joyning o‘zida yechim topdi.

1998 yilda tug‘ilgan A.Munisa 3-sektor tashabbusi bilan tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olganligi va unga tikuv mashinasi olib berilganligini, lekin uyida tikuvchilik bilan shug‘ullanishi uchun imkoni yo‘qligini bildirib, joy topib berishda amaliy yordam so‘ragan. Uning murojaati asosida tumandagi “Tepa” mahallasi maʼmuriy binosida mavjud bo‘sh xona Munisa tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun ajratib beriladigan bo‘ldi.

Bu kabi sayyor qabullar barcha tumanlarda davom etmoqda.




Barcha yangiliklar

Text to speech