16 Oktyabr 2023 Yil 880

Yoshlar bilan dolzarb mavzuda uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida IIV va Toshkent shahar IIBB mas'ul xodimlari talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida terrorizm va ekstremizm tahdidlari, noqonuniy tashkilotlar a'zolarining yoshlar ongiga yot qarashlar, buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga qanday intilayotgani haqida so‘z yuritildi. Mas'ul xodimlar O‘zbekistonda tinchlik, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosat olib borilayotgani, mamlakatimiz demokratik taraqqiyot yo‘lidan dadil ketayotganini alohida ta'kidladi.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga atroflicha javob oldilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech