28 Yanvar 2023 Yil 518

Bektemir tumanida avtomashinada sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan maʼlumot

Joriy yilning 28 yanvar kuni taxminan soat 14:30 larda Bektemir tumani TXAY ko‘chasi “Quyliq Universal savdo majmuasi” avtoturargohi ro‘parasida harakatlanib ketayotgan 1964 yilda tug‘ilgan M.M. boshqaruvidagi “NEXIA-1” rusumli davlat raqam belgisi 10 Y 375 AA bo‘lgan avtomashinaning motor qismida, elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in favquloda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazishlarini hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘rab qolamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech