Yil boshidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi
Toshkent shahar IIBB da bosh boshqarma boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bosh boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, barcha tuman IIO FMB boshliqlari, sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda 2024-yil yakunlari sarhisob qilindi. Erishilgan yutuqlar ta’kidlanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. 2025-yil davomida poytaxt hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, jamoat tartibi va aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar rejalashtirildi. Shuningdek, yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining tarqalishiga chek qo‘yish, aholi orasida kiberjinoyatlarni oldini olish borasida dolzarb vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilish so‘ngida poytaxt IIBB boshlig‘i muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi hamda ijrosi yuzasidan muddatlar belgilandi.