27 Aprel 2024 Yil 1453

Yashnobod tumanida sayyor sud bo‘lib o‘tdi

Probatsiya xizmati ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilingan shaxslarni ahloqan tuzatish, ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, takroran jinoyat sodir etishining oldini olish kabi vazifalarini amalga oshiradi.

Yashnobod tuman IIO FMB probatsiya bo‘limi tashabbusi bilan tuman “Fidoyilar” mahallasida sayyor sud bo‘lib o‘tdi.

Unda Yashnobod tumani IIO FMB probatsiya xizmati nazorati ostida jazo muddatlarining maʼlum bir qismini o‘tab, hozirda qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lgan hamda qatʼiy tuzalish yo‘liga o‘tgan 11 nafar mahkum O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan sud tomonidan tayinlangan jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Probatsiya xizmatida hisobda turgan fuqarolar bilan jazoni o‘tash qoidalariga, belgilangan talab va cheklovlarga rioya qilmaslikning huquqiy oqibatlari haqida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech