21 Mart 2024 Yil 999

Yashnobod tumanida shaxsiy tarkibning malakasini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Kuni kecha Yashnobod tumani IIO FMB da profilaktika inspektorlari va tezkor qidiruv xizmati xodimlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar IIV Akademiyasi mutaxassis o‘qituvchilari podpolkovnik A.Karshiyev va kapitan T.Oripovlar tomonidan olib borildi.

Mutaxassislar hududlar bo‘yicha yuqori turgan jinoyatlarni hududning kriminogen va demografik xususiyatini inobatga olib, hudud tajribasini amaliyotga joriy etish maqsadida yaratilgan 9 ta metodik uslubiy qo‘llanmalarning mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga yetkazishdi.

Poytaxtning barcha tuman IIO FMBlar xodimlari uchun metodik qo‘llanmaning mazmun-mohiyat bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. 

Barcha yangiliklar

Text to speech