7 Oktyabr 2023 Yil 2501

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabuli Yangihayot tumanida bo‘lib o‘tdi

Fuqarolarning yashash sharoiti, turmush tarzini izchil o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topib, murojaatlarini o‘rganib,masalani joyida ijobiy hal etish uchun Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov 3-sektor rahbarlari bilan birga muntazam sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Kuni kecha general-mayor A.Tashpulatov Yangihayot tumani aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.aholi bilan uchrashuv “Xushnud” MFY binosida bo‘lib o‘tdi.Unda tuman hokimi, shahar prokuraturasi mutasaddilari va boshqa tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida IIBB boshlig‘i 30 nafardan ziyod fuqarolarning murojaatlarini tingladi. Aholining asosiy qismi o‘zini band qilish maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari va noutbuk olishda yordam berish, davolanishga moddiy yordam ko‘rsatish, ishga joylashish, kontrakt pulini tulashda yordam berish masalalarida murojaat qilishdi.

Tadbirda 7 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi. 18 ta murojaat joyida mutasaddilar tomonidan hal etildi. Qo‘shimcha muddat talab etiladigan 7 ta murojaatlar tegishli idoralarning mutasaddilariga yo‘naltirildi.

Shu bilan birga ikki nafar fuqaro IIO xodimlari ularning muammolarini xal qilib berishda yordam berganlari uchun minnatdorchilik bildirishdi

Poytaxt IIBB boshlig‘ining tumanlardagi qabullari davom etmoqda. 

Barcha yangiliklar

Text to speech