6 Noyabr 2024 Yil 969

Yangihayot tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlarning faoliyati to‘g‘risida

Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan tumandagi xotin-qizlarning qonuniy huquq-manfaatlarini taʼminlash, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, shuningdek, xotin-qizlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishlarida ko‘maklashish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Jumladan, Yangihayot tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan ham bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tuman IIO FMB xodimlari probatsiya xizmatida ro‘yxatda turuvchi ayollar bilan davra suhbati o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tadbir qatnashchilariga giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan qonuniy choralar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbir so‘ngida ishtirokchilarga ijtimoiy videoroliklar qo‘yib berildi. Ular ham mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Bundan tashqari xodimlar hududdagi mahallalarda yashovchi bemorlar, imkoniyati cheklanganlar, yakka-yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi. Masalan, xotin-qizlar faoli M. Xaydarova hamda 4-sonli IIB xodimlari mahallada yashovchi keksa yoshli Tanzilya Rahmonova holidan xabar olishdi va unga oziq-ovqat mahsulotlari berishdi.

Shu bilan birga tuman xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tumandagi ishlab chiqarish korxonalaridan birida ishchi-xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir xotin-qizlar o‘rtasida xavfsizlik va huquqlarni himoya qilish bilan bog‘liq eng dolzarb muammolardan xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, kiberjinoyatchilar va firibgarlardan himoyalanish, har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikka qarshi kurashish kabi muhim mavzular muhokama qilindi.

Tadbir qizg‘in bahs-munozaralar bilan yakunlanib, unda ishtirokchilar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Shuningdek, xavfsizlik choralarini takomillashtirish va ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.


Barcha yangiliklar

Text to speech