Yangi yil bayramini yuqori darajada o‘tkazish va jamoat xavfsizligini ta'minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov boshchiligida videoselektor bo‘lib o‘tdi. Unda Yangi yil bayramini yuqori darajada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va jamoat xavfsizligini ta'minlash, pirotexnika vositalarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda poytaxtdagi barcha tuman IIO FMB boshliqlari, sohaviy xizmat rahbarlari va mutasaddilar ishtirok etdi. Tumanlarda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi, mas'ullarning hisoboti tinglandi.
Yig‘ilish so‘ngida poytaxt IIBB boshlig‘i mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi hamda ijrosi yuzasidan muddatlar belgilandi.