24 Fevral 2024 Yil 1689

Yangi loyiha ijobiy natijalar bermoqda

Toshkent shahar IIBB rahbariyati tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Zo‘ravonlikka – yo‘l yo‘q!” loyihasi doirasida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar Toshkent shahar Xotin-qizlarni reabilitatsiya va moslashtirish markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda tazyiq va zo‘ravonlik qurbonlari bilan bir qator profilaktika tadbirlari o‘tkazmoqda. Xususan, markazdagi ayollar bilan yakka tartibda suhbatlar, psixologik treninglar o‘tkazilib, huquqiy maslahatlar berilmoqda, aniqlangan muammolarni hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Masalan, Uchtepa tumanida yashovchi 27 yoshli M.Z. bilan suhbatlashish davomida ayol eri, 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari va qayniukasi bilan 1 xonali uyda yashashini aytdi. qayniukasi spirtli ichimlik ichib uni va farzandlarini bezovta qilib, doimiy ravishda janjal to‘polonlarga sabab bo‘layotganligini, u tomonidan tazyiqqa uchrayotganligini hamda buning natijasida turmush o‘rtog‘i bilan nizoli vaziyat yuzaga kelayotganligini maʼlum qildi. Mahalla faollari bilan birgalikda oiladagi ijtimoiy-maishiy vaziyat puxta o‘rganildi. Qayniuka Xorazm viloyatidagi o‘zining doimiy yashash manziliga yuborildi va oiladagi munosabatlarga uchinchi shaxsning aralashuviga chek qo‘yildi. Natijada ayol o‘z turmush o‘rtog‘i bilan yarashib oldi.

Yana bir holatda Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi 19 yoshli F.B. og‘ir sharoitda qolganligini maʼlum qildi. U 2 nafar farzandlari bilan turmush o‘rtog‘i va qaynonasi bilan yashaydi. Ayol o‘zi va farzandlari qaynonasi va eri tomonidan tazyiqqa uchrayotganini maʼlum qildi. F. B.ning murojaati o‘rganilib, uning huquqlari tushuntirildi va himoya orderi berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech