Yakkasaroy tumanida yoshlar bilan muloqot oʻtkazildi
Yakkasaroy tumanidagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida yoshlar ishtirokida muloqot boʻlib oʻtdi.
Ushbu uchrashuv yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish va davlat idoralari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida tashkil etildi.
Tadbirda Yakkasaroy tuman hokimining birinchi oʻrinbosari N.Shamsiyev, tuman prokurori B.Shamshiyev, tuman IIO FMB boshligʻi A.Murodov, tuman hokimining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari O.Rixsiboyev, shuningdek tumandagi masʼul rahbarlar va faol yoshlar ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida masʼullarga biriktirilgan yoshlar tomonidan kontrakt toʻlovlari, kasb-hunarga oʻqitish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit ajratish kabi dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Barcha taklif va muammolar masʼullar tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularning yechimi boʻyicha tegishli tushuntirishlar berildi.