Murod oliygohni tugatishga tugatdi-yuammo ish topishda qiynaldi. Bu orada ota-onasi uylantirib qo‘ydi. Birin-ketinuch farzandning otasiga aylanganiga qaramay, u hamon u ishxonadan bu ishxonaga “sakrab”ko‘nglidagidekish qidirayotgandi. Sirli orzusi–birdaniga boyib ketish haqida o‘ylardi. O‘zini dabdabali, hashamatli hayotga loyiq, deb hisoblardi. Yoshiqirqdanoshdi-yulekin biron “katta narsaga” erishmagani, oshna-og‘aynilari oldida kerilib, ko‘z-ko‘z qiladigan ustunligi yo‘qligi uni qiynardi. Yor-birodarlari katta-katta uylar qurganda, qimmat-qimmat avtomashinalarminibyurganda, chet ellarda dam olib kelayotganda – u bulardan mahrum edi. O‘zini hayotda kamsitilgan his qilgan Murodning o‘ylab-o‘ylab topgan rejasi mana bunday bo‘ldi. 2022 yilning 10 sentyabrida u og‘aynilari avtomashinasi buzilib qolganda tez-tez murojaat qiladigan 1980 yilda tug‘ilganS.Emanuelrahbar bo‘lgan avtomashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonaga bordi.Emanueluni tez-tez ko‘rib turgani bois quyuq salomlashdi. U yoq-bu yoqdan gaplashib, uning ishlari bilan qiziqdi. Suhbat asnosidaEmanuelhammasi yaxshi-yu, agarda avtomashina motorlarini tuzatishda ishlatiladigan Amerikada ishlab chiqarilgan “Rottler F 79” stanogi bo‘lganida nur ustiga aʼlo nur bo‘lishini taʼkidlaganida, Murodning ko‘zlari “yalt” etdi. Mana u kutgan onlar. U fursatni boy bermay, bunday stanokni Amerikadagi tanishlari orqali topib, bir necha ustaxonalarga yetkazib berganini kiprik qoqmay aytdi.Emanul“qopqonga” tushdi.Emanuelboshiga 100.000 AQSH dollari beradigan bo‘ldi, stanokni qabulqilgachqolgan 80.000 dollarni berishga kelishildi. Ertasi kuni pulni qo‘liga olgan Murod shuncha pulni ko‘rib dovdirab qoldi. O‘zini pulning egasi bilib qimmat-qimmat buyumlar, avtomashina sotib ola boshladi.Emanuelningqo‘ng‘iroqlariga “ana ketyapman, mana ketyapman, ana oldim, mana olibborayapman”, deya vajlar ko‘rsatib yurdi. Bu orada ko‘z yumguncha uch oy ham o‘tib ketdi.Emanuelningsabr-toqati tugab, ichki ishlar organlariga murojaat qilishini aytganida, u Mirzo Ulug‘bek tumanida hashamatli uyi borligi, uning nomiga rasmiylashtirib berishini vaʼda qildi. Biroq bu ham yolg‘on bo‘lib chiqdi. “Ana rasmiylashtiraman, mana rasmiylashtiraman” deb kunlarni oylarga cho‘zgan Murod uni yana chuv tushirganini anglaganEmanuelboribsurishtirsaki, aytilgan uyga Murodning hech qanday aloqasi yo‘q ekan.EmanuelYakkasaroy tumani ichki ishlar organlariga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.
— 1979 yilda tug‘ilgan Murod ilgari 2015 yilda ham firibgarlik jinoyati uchun sudlangan, – deydi Yakkasaroy tumanIIOFMBhuzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi, katta leytenant E.Ziyabekov. – Halol mehnatdan qochib, o‘zgalarning hisobiga “boyib” ketishni o‘ylagan Murod,Emanuelningpullari evaziga sotib olgan narsalarini sotishga majbur bo‘ldi. Birovninghaqihech qachon birovga buyurmaydi, buni Murod bilishi kerak edi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi ochiq sud majlisida Murodning qilmishiga qonuniy baho berib, uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (“Firibgarlik”) bilan aybdor deb topdi. Uning pushaymonligi, aybiga to‘liq iqrorligi,jarblanuvchigayetkazilgan zarar qoplanganligi, oilaning yagona boquvchisiekanliginiinobatga olib, kodeksning 57-moddasini qo‘llab, bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima jazosini tayinladi.