15 Noyabr 2023 Yil 1087

Xodimlar doimiy ravishda o‘z bilim va malakasini oshirib bormoqda

Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari faoliyatini yana-da takomillashtirish,  ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Toshkent shahar IIBBda ixtisoslashtirilgan o‘quv-amaliy kurslari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotiga barcha tumanlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor jalb qilindi. Unda xotin-qizlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan muammolar yuzasidan turli soha vakillaridan iborat mutaxassislar tomonidan tahliliy va ochiq munozaralar tashkil etildi. Shuningdek, o‘quv mashg‘uloti davomida yangi qabul qilingan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati, ishlash mexanizmi yuzasidan tushunchalar berildi.

Jinoyat va huquqbuzarliklarga sharoit yaratuvchi omillarni barvaqt aniqlash, ularni sodir etishga moyil shaxslar bilan olib boriladigan ishlar samaradorligini yana-da oshirish borasida tashkil etilgan bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari soha vakillari uchun amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarga qonuniy yechim topishda yordam beradi.

Barcha yangiliklar

Text to speech