13 Yanvar 2024 Yil 4376

XIZMATGA QABUL QILISH BO‘YICHA TANLOV EʼLON QILINADI

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son hamda 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son qarorlari talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga (serjantlik lavozimlariga)  o‘tkaziladi.

 

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turishi;

- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmasligi;

- Erkaklar muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi (zahiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi);

- Oliy maʼlumotga ega bo‘lishi.

 

Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetida Toshkent shahar ichki ishlar organlarining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

- Yo‘l-patrul faoliyati (bo‘y: erkaklar 175sm / ayollar 170sm);

- Pasport tizimini taʼminlash faoliyati (bo‘y: erkaklar 165 sm / ayollar 160 sm);

- Jamoat tartibini saqlash faoliyati (bo‘y: erkaklar 170 sm / ayollar 165 sm)

 

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan 2023 yilning 20 dekabr kunidan 2024 yilning 20 yanvar kuniga qadar (soat 09:00 dan 17:00gacha) Toshkent shahar IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markaziga (Toshkent shahar, MIROBOD tumani, Said Baraka ko‘chasi, 7-uy) kelishlari so‘raladi:

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- harbiy guvohnoma (erkaklar uchun);

- oliy maʼlumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom).

 

Eslatma: belgilangan kunlardan keyin murojaat etgan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi.

Barcha yangiliklar

Text to speech