|
2023-yilning 31-oktabr kuni “Intercontinental” mehmonxonasida
Toshkent shahar IIBB YHXB va “GROSS” sugʻurta kompaniyasi oʻrtasida yoʻl
harakati xavfsizligini ta’minlash borasida hamkorlik toʻgʻrisidagi
memorandumni imzolash marosimi boʻlib oʻtadi. Bu Toshkent shahar IIBB YHXB
tomonidan yoʻllardagi holatni yaxshilash uchun amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlardan biridir.
2023-yil 9 oy
davomida Toshkent shahrida 914 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan.
Bunday hodisalarning aksariyati yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmaslik
bilan bogʻliq.
Toshkent shahar Yoʻl harakati
xavfsizligi inspeksiyasi va “GROSS” kompaniyasi oʻrtasidagi hamkorlik “Xavfsiz Harakat”
ijtimoiy loyihasini amalga oshirishga qaratilgan boʻlib, uning maqsadi
haydovchilar xabardorligini oshirish, ularning svetofor va tezlik meʼyorlariga
rioya qilishlarini targʻib qilish hamda buning natijasida poytaxt yoʻllarida
baxtsiz hodisalarni kamaytirishdan iboratdir.
Loyiha tashabbuskori GROSS
kompaniyasi boʻlib, u avvaliga korporativ darajadagi trafik muammolarga eʼtibor
qaratdi,
keyin esa ijtimoiy loyihani amalga oshirish
taklifi bilan chiqdi.
“Xavfsiz Harakat”
– yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli ijtimoiy
loyihadir.
Loyihaning bosqichlarida xavfsiz piyodalar oʻtish joylarini tashkil etish, haydovchilarning
svetofor va belgilangan tezlik meʼyorlariga rioya etishi, transport
vositalari yoʻlovchilarining xavfsizligini ta’minlash kabi yoʻl harakati
muammolariga eʼtiborni jalb qilishga
qaratilgan qator tadbirlar oʻrin olgan.
Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab LED
ekranlardan foydalangan holda, yoʻl harakati ishtirokchilariga
asosiy xavfsizlik qoidalarini eslatib turuvchi keng qamrovli
axborot kampaniyasining
harakatlari loyihaning boshlanishi boʻldi. Ushbu aksiyaning maqsadi - qoidalarini buzish koʻpincha ayanchli oqibatlarga olib
keladigan yoʻl belgilariga haydovchilar eʼtiborini jalb qilishdir.
Loyiha hamkori bilan birgalikda “Uzum Market” kompaniyasi tomonidan piyodalar
uchun shopper oʻylab topildi
va ishlab chiqarildi. Shopperda piyodalar oʻtish belgisi va oʻzida yorugʻlikni aks ettiruvchi jihatlar
mavjud boʻlib, bu piyodalarni yoʻllarda, ayniqsa,
tungi vaqtlar davomida yanada aniqroq koʻrinib
turishiga yordam beradi.
“Xavfsiz Harakat”
loyihasi baxtsiz hodisa jabrlanuvchilarini “Sahar” guruhi rahbari Anvar
Joʻrayev va reper Konsta bilan
birgalikda “Yashagim kelar” qoʻshigʻida
tinglanishlarini va oʻz hikoyalarini baham koʻrish imkonini ham
beradi. Musiqa loyiha uchun maxsus yozilgan. Video hozirda suratga
olinmoqda va tez orada taqdim etiladi.
Haydovchilar oʻrtasida avtomobil
haydash madaniyatini yuksaltirish “Xavfsiz Harakat” loyihasining asosiy
maqsadlaridan biridir. Shuning uchun ham vijdonli haydovchilarni ragʻbatlantirish
loyihaning oʻziga xos jihati
hisoblanadi. Yil davomida yoʻl harakati
qoidalarini buzmagan yoki baxtsiz hodisa sodir etmagan
haydovchilar loyiha tashkilotchilaridan minnatdorchilik maktublarini oladilar
va alohida shartlar asosida ixtiyoriy avtomashina sugʻurta polisini ahamiyatli darajadagi chegirma bilan qoʻlga kiritishlari mumkin boʻladi.
“Biz yetakchilik koʻnikmalari nafaqat
katta bozor ulushi va kompaniyaning betakror
moliyaviy koʻrsatkichlarini taxmin
qiladi, balki, bu omil jamiyat oldidagi yuqori
masʼuliyat darajasi va kishining talabchanligini oshirishiga ham.
chin dildan ishonamiz.
Mana 12 yildirki, har kuni yoʻl-transport
hodisalarining oqibatlari bilan toʻqnash kelamiz. Biz sugʻurta shartnomalari shartlari boʻyicha oʻz
majburiyatlarimizni vijdonan bajaramiz, avtomobil egalariga har qanday
baxtsiz hodisa natijasida yuzaga kelgan moddiy yoʻqotishlarni qoplashda
yordam beramiz. Ammo, koʻpincha, avtohalokatlar nafaqat moddiy zarar, balki kishilarning
oʻlimiga ham olib kelishini eʼtiborga olmay qoʻyolmaymiz. Shuning uchun,
GROSS kompaniyasi moddiy yoʻqotishlarni qoplashdan ham uzoqroqni koʻzlashga, yoʻllarda
sodir boʻlayotgan oʻlim holatlarini kamaytirish uchun hissa qoʻshishga qaror qilgan”, – deydi
“GROSS Sugʻurta kompaniyasi” AJ boshqaruvi raisi Otabek Hasanovich Nazarov.
Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi
boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Jalilov Rafiqjon Qoʻldoshevich shunday deydi: “GROSS sugʻurta kompaniyasining “Xavsiz Harakat” qoʻshma
ijtimoiy loyihasi boʻyicha tashabbusini qoʻllab-quvvatlaymiz, chunki
tahlillar shuni koʻrsatdiki, baxtsiz hodisalarning koʻpchiligi yoʻl harakati
qoidalariga rioya qilmaslikdandir. Hamkorlik haydovchilarning mas’uliyatini oshiradi,
bilimini mustahkamlaydi va pirovardida, biz koʻrayotgan boshqa
chora-tadbirlar qatorida, yoʻl-transport hodisalari sonini kamaytiradi”.
Loyihaning bosqichlari bilan tanishish uchun www.xavfsiz-harakat.uz veb-sayti, Instagram, Facebook ijtimoiy tarmoqlari, Telegram messenjerida
maxsus sahifalar kabi axborot platformalari yaratildi. Bu manbalarda loyiha
haqidagi barcha soʻnggi maʼlumotlarni olishingiz, shuningdek, yoʻl harakati
qoidalari boʻyicha bilimingizni sinovdan oʻtkizishingiz, yoʻl-transport hodisalarida jabrlangan insonlarning
hikoyalari bilan tanishishingiz, shahar yoʻllaridagi dolzarb muammolar yuzasidan soʻnggi
yangiliklar va ular qanday hal qilinayotganligi
haqida bilib borishingiz mumkin.
|