28 Oktyabr 2024 Yil 747

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

25-oktyabr – Ichki ishlar organlari kuni munosabati bilan Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi orasida o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Xalqqa xizmat qilish – sharafli burch” mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi vakili dotsent Oybek Xolmo‘minov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, ichki ishlar organlari xodimlari diyorimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik posboni, kerak bo‘lsa qalqoni bo‘lib xalq ishonchi hamda roziligi yo‘lida, kecha-yu kunduz sergak va hushyor xizmat qilishayotganligini, o‘z burchi va qasamyodiga sodiq, vatanparvar fidoyi xodimlar namunali xizmati bilan Yangi O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida olib borilayotgan islohotlar rivojiga munosib hissa qo‘shib kelishayotganligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech