25 Fevral 2025 Yil 415

Xalq sog‘lig‘i – yurt boyligi...

... deb bejizga aytilmagan. Sog‘lom xalqgina sog‘lom kelajakni yaratishga qodir. Shu bois yurtimiz aholisining sog‘ligi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish borasida Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qator me'yoriy hujjatlar qabul qilinib, ijrosi amalga oshirib kelinmoqda. Yuqoridagi me'yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan bandlarning talablari Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan ham muntazam ravishda ijro etib kelinadi.

Toshkent shahar IIBB tarkibiy tuzilma va hududiy bo‘linmalar, Milliy gvardiya Toshkent shahar “Qo‘riqlash” boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari o‘rtasida shu yilning 25 yanvaridan 20 fevraliga qadar sportning voleybol hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. 17 ta jamoalar tarkibida qatnashgan 180 ga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun bellashishdi. Musobaqaning dastlabki saralash bosqichlari Bosh boshqarmaning Yunusobod tumanida joylashgan sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz va shiddatli kechgan bu bahslarda Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” boshqarmasi, Bosh boshqarma markaziy apparati, PPXB, YHHB terma jamoalari barcha raqiblaridan ustun kelib, final o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

20 fevral' kuni IIV “Jar” sport majmuasida ushbu musobaqalarning so‘nggi tur o‘yinlariga start berilib, g‘oliblar aniqlanib, ularni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘yinlarda mahorat, abjirlik, chaqqonlik ko‘rsatgan jamoalar hakamlar hay'ati tomonidan yuqori baholandi va yakuniy hisoblarga ko‘ra: yarim final bahslarida Toshkent shahar IIBB apparatini 3:0 hisobda mag‘lub etgan Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” boshqarmasi terma jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Toshkent shahar IIBB YHXB terma jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, final bahslarda IIBB YHXBni 3:2 hisobida mag‘lub etgan Toshkent shahar IIBB PPXB jamoasi shohsupaning 1-pog‘onasiga ko‘tarildi. G‘oliblarga O‘zbekiston Respublikasi Voleybol federatsiyasi va “Dinamo” JTSJ kengashi tomonidan tegishli diplom, medallar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, musobaqada birinchilikni qo‘lga kiritgan Toshkent shahar IIBB PPXB jamoasiga maxsus kubok taqdim etildi.

Shiddatli va qizg‘in davom etgan stol tennisi musobaqasida esa Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” boshqarmasi, shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan tashkil topgan 16 ta terma jamoalar tarkibida jami 50 nafarga yaqin sportchilar qatnashishdi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda har bir sportchining xatti-harakatlari hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib borildi. O‘zaro kuch sinashish natijasida saralanib, musobaqaning final bosqichiga yetib kelgan eng kuchli sportchilar keskin bahslarda shiddatli, hal qiluvchi jangga kirishdilar va quyidagi natijalarni qayd etishdi.
Yakkalik bahslari bo‘yicha 1-o‘rin Milliy Gvardiya “Qo‘riqlash” boshqarmasi inspektori, safdor S.Mirzamaxmutovga; 2-o‘rin Sergeli tumani IIO FMB navbatchilik qismi katta inspektor navbatchisi, mayor Sh.Hamroevga; 3-o‘rin Toshkent shahar FVB xodimi oddiy askar A.Ilhomovga nasib etdi.

Juftlik bahslarida 1-o‘rinni Toshkent shahar YHXB (D.Inoyatov, E.Otajonov) terma jamoasi; 2-o‘rinni Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” boshqarmasi (S.Mirzamaxmutov, F.Abdullaev) jamoasi; 3-o‘rinni Toshkent shahar FVB (A.Ilhomov, E.Qurbonov) jamoasi egalladi. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: