15 Sentyabr 2023 Yil 1346

Mirobod tumani IIOFMB xodimlari oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan uchrashdi

Kuni kecha Mirobod tumani IIOFMB tashabbusi bilan Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman IIOFMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi mas’ul xodimlari, Adliya vazirligi mutaxassislari, oliy o‘quv yurti talabalari ishtirok etdi.

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.

Yig‘ilish tashkilotchilari huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarni ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi yangi qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yig‘ilish tashkilotchilariga tushuntirdi.  Ta’kidlanganidek, mazkur Qonun bugungi kunda ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan turli zo‘ravonlik turlari uchun qat’iy jazolar belgilanishi bilan birga, bunday salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. O‘z navbatida, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar yig‘ilganlarga nozik jins vakillarini har qanday zulm va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi vakolatlari haqida gapirib berdi.

Tadbir interaktiv shaklda o‘tkazildi va suhbat davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

Barcha yangiliklar

Text to speech