Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Sultoniya" ko‘chasida qurilish taʼmirlash ishlari olib borilishini maʼlum qilamiz. Shu munosabat bilan 12.01.2026 yil kuniga qadar vaqtincha avtoulovlar harakati cheklanadi.
Shuningdek, "Sultoniya" ko‘chasiga tutash hududdagi “Sho‘rtepa”, "Sho‘rtepa 1-tor" va "Sultoniya 5-tor" ko‘chalarida ham avtoulovlar harakati qisman cheklanadi. Ushbu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar, o‘z avtoulovlari orqali "Buyuk ipak yo‘li" ko‘chasidan harakatlanib kirishlari mumkin bo‘ladi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Tez orada qayta rekonstruksiyadan chiqqan zamonaviy yo‘l tuzilmasida harakatlanish imkoniyati yaratiladi.