16 Avgust 2023 Yil 1236

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tarbiyalanuvchilari bilan o‘tkazilayotgan o‘quv kurslari davom etmoqda

Markazda maxsus o‘quv kurslarining 4-bosqichi dasturiga  binoan o‘smirlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijasida bolalarda aniqlangan kasalliklarni davolash va profilaktika qilishda aniq amaliy yordamlar ko‘rsatildi. 

O‘quv kurslari davomida bolalarning psixologik holati ham o‘rganildi. Markaz xodimlari hamda maktab psixologlari har bir bola va uning ota-onasi bilan psixologik suhbat o‘tkazdi. Bu jarayonda ota-ona farzandini tushina olishi, bolalarning ota-onasiga bo‘lgan munosabati tahlil qilindi, ular bilan psixologik treninglar o‘tkazildi.  

Shuningdek, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishini tashkillashtirish maqsadida o‘quv kurslari ishtirokchilari poytaxtimizning ko‘plab ko‘ngilochar markazlariga, diqqatga sazovor joylariyu, muzey va tarixiy obidalariga tashrif buyurishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech