18 Mart 2024 Yil 697

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida uchrashuv o‘tkazildi

Yaqinda Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, OITS kasalligidan himoyalanish yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv xizmati va Yunusobod tumani IIO FMB masʼul xodimlari, shuningdek, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir boshida mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirish berildi. Shuningdek OITS kasalligini kelib chiqish va tarqalishini oldini olish yuzasidan maʼruza qilindi hamda shu mavzu bo‘yicha tayyorlangan buklet va flayerlar tarqatildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech