Xabaringiz bor Yangi O‘zbekiston ko‘chasining "Yangi O‘zbekiston" bog‘i manzilida yer osti yo‘l o‘tkazgichi qurilmoqda va qurilish taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan 09.07.2025 yil soat 07:00 dan, 09.08.2025yil kuniga qadar Yangi O‘zbekiston yo‘lining (Toshkent viloyatidan harakatlanib kelishda) "Yangi O‘zbekiston" bog‘iga tutash qismidan avtoulovlar harakati to‘xtatiladi. Avtoulovlar harakati "Yangi O‘zbekiston" bog‘i chegara hududidagi yo‘l orqali "Milliy bog‘" ko‘chasiga yo‘naltiriladi.