22 Sentyabr 2023 Yil 698

Poytaxtimizda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

Poytaxtimizda joylashgan ayrim sud binolarida Toshkent shahar sudi, IIBB, Milliy Gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari shahrimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek strategik obyektlarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida rejali ravishda amalga oshirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni hamda vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilmoqda. 

Barcha yangiliklar

Text to speech