10 Avgust 2023 Yil 1855

Shayxantohur tumanida Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatov joylarda fuqarolar bilan uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Navbatdagi qabul Shayxantohur tumanida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida IIBB boshlig‘i ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan suhbatlashdi, fuqarolar qanday muammolarga duch kelayotganini tingladi, ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilab oldi.

Murojaatlar sog‘liqni saqlash, moddiy yordam olish, ishsizlik va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun imtiyozli kreditlar ajratish kabi masalalar bilan bog‘liqligi inobatga olinib, tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari taklif etildi.

Fuqarolarning har bir murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi. Qabul davomida 14 nafar fuqarolarga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. 34 ta murojaatlar joyida hal etildi.

Hal etilishi vaqt talab etuvchi murojaatlarni to‘liq ko‘rib chiqish va tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan mutasaddi idoralarning mas'ullariga ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi sayyor qabullar davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech