29 Noyabr 2023 Yil 2548

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Maʼlumki, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida “Gender zo‘ravonligiga qarshi 16 kunlik faol harakat” shiori ostida barcha joylarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Shunday tadbirlardan biri Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz" mavzusida tashkil etildi. Uchrashuvda Shayxontohur tumani IIO FMB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar, talabalar va o‘qituvchi-murabbiylar ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun haqida batafsil maʼlumot berildi. Talabalarga ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq hayotiy voqealar so‘zlab berildi, qonun qoidalari atroflicha tushuntirildi.


Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan ichki ishlar organlari xodimlariga oilaviy nizolarni bartaraf etish, psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘plab savollar berildi va atroflicha javob olindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech