Jinoyatchilikning muhokamasi Toshkent shahar 12 ta tuman IIO FMB masʼul xodimlari tomonidan doimiy ravishda joylarda o‘tkazib kelinmoqda. Kuni kecha tumandagi Toshkent amaliy fanlar universitetida IIBB JTSB boshlig‘i podpolkovnik B.Anvarov va Mirobod tumani IIO FMB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik O.Xasanovlar boshchiligidagi tuman IIB masʼul xodimlari, o‘quv muassasasi o‘qituvchi va talaba yoshlar, “mahalla yettiligi” vakillari hamda gumonlanuvchilar ishtirokida jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada tumandagi savdo majmuasi oldida bir guruh shaxslar o‘rtasida yuz bergan bezorilik jinoyatning kelib chiqish sabablari, unga omil bo‘lgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.
Masʼul xodimlar tuman va shahardagi jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyat haqida maʼlumot berib, profilaktika ishlari samaradorligini oshirish, bu boradagi chora-tadbirlarni kuchaytirish, shuningdek, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash zarurligini taʼkidladilar.
Kelgusida bunday salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar borasida so‘z yuritildi.