Mirobod tumanida maktab o‘quvchilari o‘rtasida zukko kitobxon tanlovi o‘tkazildi
Mirobod tumani IIO FMB yoshlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari tomonidan 214-soni umumiy o‘rta taʼlim maktabida “Besh tashabbus” doirasida “Yosh kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Alisher Navoiyning “Xamsa” asari, O‘tkir Xoshimovning “Dunyoning ishlari” asari hamda Xudoyberdi To‘xtaboyevning asarlari yuzasidan o‘z bilimini sinovdan o‘tkazishdi. “Tezkor savol-javoblar”, “Test savollari” hamda “Men sevgan qahramon” shartlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda har bir ishtirokchi g‘olib bo‘lishga intildi. Hakamlar hayʼati o‘quvchilarning bilim va savodxonligini xolis va adolatli baholab borishdi.
Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, maktabning 5 A-sinf o‘quvchisi D. Baxriddinova birinchilikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.