22 Noyabr 2023 Yil 551

Yunusobod tumanida umummilliy loyiha amalga oshirilmoqda

Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi poytaxtimizda ham yashil maydonlarni tubdan oshirishni nazarda tutuvchi “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish qizg‘in davom etmoqda. Ichki ishlar organlari xodimlari ham ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishyapti.


Kuni kecha loyiha doirasida Yunusobod tumani uchinchi sektor ishchi guruhi tomonidan ham kuz mavsumida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari amalga oshirildi.


Jumladan, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov boshchiligida IIO FMB xodimlaridan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan “Adolat” mahallasi hududida hashar tashkil etilib, unda 550 tup mevali va shuncha tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.


Ichki ishlar organlari xodimlarining “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etishi davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech